U-20 Osiyo kubogi 1-turidan o‘rin olgan Indoneziya - Iroq (0:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Indoneziya bosh murabbiyi Shin Txe Yon qatnashdi.
- O‘yin haqidagi fikringiz?
- Avvalo, Iroq jamoasini tabriklayman. Birinchi bo‘limda yetarli imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Ulardan foydalanishimiz kerak edi. Iroq terma jamoasi bir kishi kam bo‘lib qolgandi. Biz bu ustunlikni hisobda aks ettirishimiz lozim edi.
- Jamoada bir-birini tushunish borasida muammolar sezildi. Dastlabki 20 daqiqada yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgandik...
- Ha, vaziyatlardan foydalana olmadik. Vaziyatlarni golga aylantirish jamoamizning og‘riqli nuqtasi. Aynan shu jihat ustida ishlashimiz kerak. Ikkinchi bo‘limda bir kishi ko‘p bo‘ltb o‘ynadik, ammo ustunlikni o‘yinda ko‘rsata olmadik. Yana bir jihatni aytib o‘tishim joiz. Biz o‘zgarishlardan keyin ham o‘sha tempni saqlab qolishimiz kerak. Asosiy tarkibdagi o‘yinchilar almashtirilgandan keyin esa bunday bo‘lmadi.
- Ikki jamoa uchun ham qiyin o‘yin bo‘ldi. Keyingi ikki uchrashuvdan nimalar kutmoqdasiz?
- Bunday musobaqalarda birinchi o‘yin juda muhim. Keyingi ikki uchrashuv juda qiyin bo‘ladi. Biz taslim bo‘lmaymiz va ishlashda davom etamiz. Keyingi o‘yinlarda qanday natija qayd etishimizdan qat’iy nazar, bu biz uchun tajriba bo‘ladi.
- Keyingi uchrashuvgacha ikki kungina vaqt bor. Jamoangizning tayyorgarligi qanday kechadi?
- Albatta, bu qisqa vaqt, ammo biz bunga tayyor edik. Jamoada yaxshi muhitni yo‘lga qo‘ysak, bu muammo bo‘lmaydi.
- Uchrashuvning ancha qismida bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynagan bo‘lsak ham, bu narsa sezilmadi. Jamoaga ob-havo sharoiti ham ta’sir qildimi?
- Men ham shunday fikrdaman. Son jihatdan teng paytimiz yaxshiroq o‘ynayotgandik. Bu murabbiy sifatida mening aybim. Ha, Indoneziyada hava bundan ancha issiq, ammo mag‘lubiyatimizga shu narsa sabab bo‘ldi deya olmayman. Mag‘lubiyatimizning asosiy sababi bu konsentratsiyani yo‘qotganiz bo‘ldi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring