20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi guruh bosqich 1-turidan o‘rin olgan Yaponiya - Xitoy uchrashuvida yaponiyaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida Xitoy jamoasi bosh murabbiyi Antonio Puche Visente ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Xayrli kun! Biz bugun fantastik harakat qildik. G‘alaba uchun bor kuchimizni berdik. Yigitlar yaxshi o‘yin namoyish etdi.. Bugun biz uchun omadsiz kun bo‘ldi. Hakamlar qarorini qabul qilish qiyin bo‘ldi. Ammo bu futbol va hammasini qabul qilishga majburmiz.
Yigitlar men uchun juda ajoyib o‘yin namoyish etdi. Ular o‘z ishini munosib tarzda bajardi. Raqib kuchli edi va biz himoyaviy harakat qilishga majbur bo‘ldik.
Guruhdagi raqibimiz Saudiya Arabistoni Yaponiyadan farq qiladi. Ular ham yetarlicha salohitga ega. Biz ishlashda davom etamiz. Natijadan xafa bo‘ldim, albatta. Shunga qaramay, keyingi uchrashuvlarda g‘alaba uchun kurashamiz", - dedi mutaxassis.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring