Bugun futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Braziliya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Braziliyaning Karlos-Barboza shahrida tashkil etiladigan mazkur o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi va «Sport» telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Bahodir Ahmedov shogirdlari ertaga ham Braziliyaga qarshi ikkinchi bahsini o‘tkazishadi.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi futzal bo‘yicha 5 karra jahon chempioni hisoblanadi. Oxirgi JCHda ular 3-o‘rinni qo‘lga kiritgandi. O‘zbekiston futzalchilari esa o‘sha turnirda ilk bor pley-offga chiqqandi.
O‘zbekistonBraziliyaFutzal O‘yiniMilliy TermaSport TelekanaliO‘yin Vaqti O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar