17:35 / 04.03.2023
374

Abduxoliqov premer-ligadagi gollar hisobini ochdi

Abduxoliqov premer-ligadagi gollar hisobini ochdi

Belarus chempionatidagi yorqin faoliyatidan keyin Qozog‘istonning “Ordabasi” jamoasiga ko‘chib o‘tgan Bobur Abduxoliqov yangi ligada ham o‘zini ko‘rsata boshladi.

Shimkent klubi premer-liganing dastlabki turida o‘z maydonida “Kaspiy” futbolchilarini qabul qildi.

“Ordabasi”dagi ikki legionerimiz – Shahboz Umarov va Bobur Abduxoliqov boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi.

Bellashuv mezbonlar ustunligida o‘tdi va 3:1 hisobi bilan yakunladi.

Shimkentliklarning uchinchi goliga Bobur Abduxoliqov mualliflik qildi va yangi chempionatdagi gollari hisobini ochdi.

Shahboz Umarov 68 daqiqa to‘p tepdi. Boburning o‘zi esa 83-daqiqada o‘rnini jamoadoshiga bo‘shatib berdi.

Qozog‘iston chempionati

1-tur

"Ordabasi" – "Kaspiy" 3:1 

Gollar: Islamxan Bauirjan 16', Asxat Tagibergen 49', Bobir Abdixoliqov 66' – Georgiy Pansulaya 71'

"Ordabasi": Bekxan Shayzada, Asxat Tagibergen (s), Gafurjan Suyumbayev, Islamxan Bauirjan (Radoslav Petrovich, 60), Maksim Fedin (Elxan Astanov, 61), Yerkebulan Tungishbayev, Temirlan Yerlanov, Sergey Maliy, Mamadu Mboji, Bernardo Matich, Bobir Abdixoliqov

"Kaspiy": Maksim Plotnikov, Duman Narzillayev (s), Stefan Kotsev (Vilyus Armanavichyus, 56), Yerlan Kadirbayev, Aleksey Zelenskiy, Georgiy Pansulaya, Maksat Taykenov, Dmitriy Podstrelov (Jambuli Jigauri, 56), Abdullay Diakate, Talgat Kusyapov, Ruben Brijido 

Chetlatish: Sergey Maliy 81


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abduxoliqov premer-ligadagi gollar hisobini ochdi