date

«Chelsi» yozda sotib oladigan futbolchilari

«Chelsi» yozda sotib oladigan futbolchilari

“Chelsi” yangi bosh murabbiyi Antonio Konte yozgi transfer vaqtida o‘z safiga bir qator futbolchilarni jalb qilishni rejalashtirgan. Quyida shunday charm to‘p ustalari to‘g‘risida so‘z yuritamiz.

Raja Nainggolan (“Roma”)

“Chelsi” yozgi transfer vaqtida o‘z tarkibini bir qator futbolchilarni jalb qilishni rejalashtirgan. Xususan “Roma”dan tayanch yarim himoyachi Raja Nainggolan ham xarid qilishni istamoqda. Nainggolan orqali Konte yarim himoya markazini yanada kuchaytirish va hujumlarni boshlashda ushbu charm to‘p ustasi xizmatidan foydalanishni rejasiga kiritgan. Yaqin orada “aristokratlar” Nainggolan masalasida taklif bilan chiqmoqchi.

Gonsalo Iguain (“Napoli”)

Konte ro‘yxatidan Iguain ham o‘rin olgan. O‘tgan mavsumda neapoliklar safida qator gollar kiritib, yana grandlarni talvasaga solgan Iguain “Chelsi” qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Ingliz klubi Iguain transferini 74 million evro evaziga sotib olishi mumkin. Ko‘ramiz, transfer amalga oshadimikan.

Jon Stounz (“Everton”)

“Everton” jamoasi himoyachisi “Chelsi”ning qiziqishlarida hamon turibdi. Biroq “irislar” rahbariyati osonlikcha Stounzni sotmayapti. “Chelsi” yozda yana bir marotaba himoyachi borasida taklif bilan chiqib, xarid qilishni istamoqda. Hozirda Jon Stounzni 20 million funt sterling evaziga xarid qilishga tayyor.

Romeu Lukaku (“Everton”)

Bir paytlar “Chelsi”da ortiqchalik qilgan hujumchi yana Londonga qaytishi ehtimoli bor. Lukaku Antonio Konteni qiziqishlari doirasiga tushgan. Biroq bu transferni amalga oshmasligi ham mumkin. Chunki Lukaku “Everton”ni tark etishi aniq. Belgiyalik hujumchi Chempionlar ligasida ishtirok etadigan jamoalarning birida o‘ynash istagini bildirgan. Afsuski, kelgusi mavsumda “Chelsi” EChLda ishtirok etmasligini inobatga olsak, uning “Chelsi”ga o‘tishi qiyinga o‘xshmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Chelsi» yozda sotib oladigan futbolchilari