09:26 / 05.03.2023
533

O‘zbekiston guruhdan chiqdimi yoxud yana matematikani ishga solamiz

O‘zbekiston guruhdan chiqdimi yoxud yana matematikani ishga solamiz

20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi 2-turi doirasida O‘zbekiston termasi Iroqni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Vakillarimiz bir taymni 10 kishi bo‘lib o‘tkazganiga qaramay yakunda g‘alabani o‘zida ushlab qoldi. Xo‘sh, 2 turda gol o‘tkazmasdan 6 ochko ishlagan termamiz keyingi bosqichga chiqdimi? Quyida shu mavzuga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Aslini olganda, ikki bahsni g‘alaba bilan tugatgan jamoaning guruhdan chiqa olmasligi g‘alati tuyuladi. Biroq bizda bo‘lib o‘tayotgan musobaqaning "A" guruhida vaziyat shunday ko‘rinish olgan. Mana shu holatni tushuntirib berishga harakat qilamiz. Masalan, biz 3-turda Indoneziyaga yutqazib qo‘ysak, janubi-sharqiy Osiyo mintaqasidan kelgan raqiblarimiz hisobida 6 ochko mavjud bo‘ladi. O‘zaro o‘yinga ko‘ra ular bizdan tepada. Biroq Iroq bilan kechgan bellashuvda ular yengilgan, biz esa aksincha.

Narigi tomonda Iroq Suriyani mag‘lub etsa, ularda ham ochkolar soni 6 taga yetadi.

Bu degani 3 termada bir xil ochko bo‘ladi va ular bir-birini mag‘lubiyatga uchratgan. O‘zbekiston Iroqni yutgan, Indoneziyaga yutqazgan bo‘ladi. Indoneziya Iroqqa yengilib, bizdan ochko tortib oladi. Iroqda ham deyarli shunaqa holat. 

Xullas, anglaganingizdek vaziyat juda chalkash. Guruhdan chiqish masalasi o‘zaro o‘yinlardagi to‘plar farqiga bog‘liq bo‘ladi. Biz uchun muhimi - Indoneziyaga yutqazmaslik. Agar mabodo raqib yutsa ham (Xudo ko‘rsatmasin) yirik hisob bo‘lib ketmasligi kerak. Biz yigitlarga ishonamiz. Ular oxirgi tur bahsida ham muxlislar uchun kerakli natijani qo‘lga kiritadi. Durang bo‘lsa ham guruhdan chiqish masalasida hech qanday matematika yo arifmetika mutaxassislariga murojaat qilinmaydi.

Bu bizning nega hali ham guruhdan chiqmaganimizga sabab bo‘luvchi asosiy omil edi. Shunchaki, nazariy tomonlama mana shu ehtimollar evaziga biz hozircha pley-offga to‘liq chiqib ulgurmadik. Amaliy tomonlama "missiya" deyarli hal qilingan.

Shunga qaramay, raqiblarda imkon saqlanib turibdi. Ishonamizki, jamoamiz bu imkonni ularga tortiq qilmaydi va vazifani a’lo darajada bajarishadi. Biz esa ularni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz. Olg‘a, yigitlar! Olg‘a, O‘zbekiston!!!

Shohrux Zoirov tayyorladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston guruhdan chiqdimi yoxud yana matematikani ishga solamiz