Premer-liganing 26-tur o‘yinida "Manchester Yunayted" 7:0 hisobida "Liverpul"ga mag‘lub bo‘ldi. Ushbu uchrashuvdan keyin jamoa bosh murabbiyi Erik Ten Xag o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men hayratdaman, chunki oxirgi haftalar va oylarda bu jamoa chidamli va ketma -ket g‘alaba qozonayotgan edi. Ikkinchi bo‘limda bizda umuman g‘alaba uchun ishtiyyoq bo‘lmadi. Ular rejaga amal qilmadi va aytganlarimga bo‘ysinmadi. Albatta jahlim chiqdi. Bu bir yoki ikki futbolchi haqida emas. Balki barcha o‘yinchilar rejaga asosan o‘ynamadi. Mag‘lubiyatdan chiqib ketish mumkin. Ammo bunday emas. Biz yigitlar bilan gaplashib olishimiz kerak", - deydi niderlandiyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, "Manchester Yunayted"ni oldinda Yevropa ligasi doirasida "Real Betis"ga qarshi uchrashuv kutmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring