U-20 Osiyo Kubogi guruh bosqichi yakunlandi. 9 kun ichida o‘tgan 24ta o‘yinda 55ta to‘p kiritildi. Bahslarning 5tasida durang qayd etildi (hammasi 3-turda), 19ta bellashuv esa u yoki bu jamoaning g‘alabasi bilan tugadi.
Quyida guruh bosqichidagi ba’zi faktlarni keltirib o‘tamiz:
- O‘zbekiston va Janubiy Koreya darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
- Avstraliya guruhni 2-o‘rinda yakunlagan bo‘lsa-da, eng ko‘p gol urgan jamoaga aylandi — 12.
- Qatar esa eng ko‘p to‘p o‘tkazib yuborgan (12) va ochko ololmagan jamoa bo‘ldi.
- Eng yirik hisob Avstraliya — Qatar (9:1) o‘yinida qayd etildi.
- Guruhda faqat Yaponiya 100 foizlik natija ko‘rsatdi.
- Vetnam 6 ochko bilan guruhda qolib ketdi.
- Yaponiyalik Naoki Kumata 3ta gol bilan to‘purarlar ro‘yxatida peshqadam bo‘lib turibdi.
«A» guruhi
1. O‘zbekiston — 7 (to‘plar nisbati — +3)
2. Iroq — 4 (+1)
3. Indoneziya — 4 (-1)
4. Suriya — 1 (-3)
«V» guruhi
1. Eron — 6 (+2)
2. Avstraliya — 6 (+6)
3. Vetnam — 6 (0)
4. Qatar — 0 (-10)
«S» guruhi
1. Janubiy Koreya — 7 (+6)
2. Iordaniya — 4 (0)
3. Tojikiston — 4 (-1)
4. Ummon — 1 (-5)
«D» guruhi
1. Yaponiya — 9 (+5)
2. Xitoy — 4 (+1)
3. Saudiya Arabistoni — 3 (-2)
4. Qirg‘iziston — 1 (-4)
Chorakfinal taqvimi:
11 mart
15:00. Eron — Iroq («Jar»)
19:00. O‘zbekiston — Avstraliya («Bunyodkor»)
12 mart
15:00. Janubiy Koreya — Xitoy («Jar»)
19:00. Yaponiya — Iordaniya («Lokomotiv»)
Ma’lumot uchun, yarimfinalga chiqqan jamoalar jahon chempionatiga ham yo‘llanma qo‘lga kiritishadi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring