20:47 / 11.03.2023
324

Samvel Babayan "Navbahor"ning g‘alabasi, Kozakning ketishi va Ashurmatovning qaytishi haqida gapirdi

Samvel Babayan "Navbahor"ning g‘alabasi, Kozakning ketishi va Ashurmatovning qaytishi haqida gapirdi

Superliganing 2-turida “Navbahor” o‘z maydonida “Metallurg”ni qabul qildi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan so‘ng namanganliklar bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Birinchi navbatda bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildirgan holda ularni g‘alaba bilan tabriklamoqchiman. Shuningdek, o‘yin nisbatan osonroq kechganiga qaramay, so‘nggi daqiqalargacha muxlislarga yoqadigan kombinatsion, aniq va chiroyli futbol namoyish etishgani uchun futbolchilarga ham rahmat aytmoqchiman.

- Joriy mavsum “Navbahor” o‘yin paytida turli taktikalarda harakat qilmoqda. Aytingchi, o‘tgan mavsum sizga mana shunday o‘yin payti turli taktikalardan foydalanish uchun ijrochilar yetishmaganmidi yoki klubga o‘z falsafangizni singdirish uchun vaqt kerak bo‘ldimi?

- Bizning oldimizga qo‘yilgan joriy mavsumdagi talab o‘tgan mavsumdagidan hech qanday farq qilmaydi. Yagona farq shuki, “Navbahor”ning hozirgi tarkibidagi ijrochilar mashg‘ulotlarda ham, o‘yin paytida ham biz bergan ko‘rsatmalarni aniq bajara oladi. Taktik sxemalarga keladigan bo‘lsak, jamoa himoyada ham, hujumda ham birdek yaxshi o‘ynashi kerak.

- Vladimirk Kozakning “Navbahor”dan ketishi nima bilan bog‘liq?

- U mavsum avvalidagi jamoamizning barcha o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etdi, ammo transfer oynasi yopilishi arafasida ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladigan variantga ega ekanini aytib, ruxsat berishimizni so‘radi.

- “Paxtakor”ga qarshi o‘yinda “Navbahor”dan syurpriz kutsa bo‘ladimi?

- Biz syurpriz qilmaymiz. Biz har bir o‘yin oldidan raqibni o‘rganamiz, unga qarshi tayyorlanamiz va maydonga chiqib, o‘z ishimizni bajaramiz. Biz syurpriz qiladigan jamoa emasmiz. Biz muxlislarimizni xursand qiladigan va natija ko‘rsatadigan jamoamiz.

- Rustam Ashurmatov hozirgi jamoasidagi muammolar tufayli yana “Navbahor”ga qaytishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar bo‘lmoqda. Shu haqda fikringiz.

- Rustam jamoamizda oz muddat bo‘lsada harakat qilgan bo‘lsada, bu yerdagi atmosfera, jamoa, muxlislar unda iliq taassurot qoldirgan deb o‘ylayman. Uni bu yerda xuddi oila a’zosidan qabul qilishdi. Agar uning faoliyatida qandaydir muammolar bo‘lsa, biz uni yana tarkibda ko‘rishdan xursand bo‘lamiz. U buni yaxshi biladi deb o‘ylayman.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samvel Babayan "Navbahor"ning g‘alabasi, Kozakning ketishi va Ashurmatovning qaytishi haqida gapirdi