U-20 Osiyo Kubogi chorak finalida Avstraliya ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin O‘zbekiston termasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev o‘z fikrlarini bildirdi.
- Avvalambor, butun o‘zbek xalqini g‘alaba bilan tabriklaymiz. Gap bo‘lishi mumkin emas, bugun stadionda ajoyib atmosfera bo‘ldi. Bu 120 daqiqa davomida bizga katta kuch berdi. Muxlislar, jamoadagi futbolchilar, ma’murlar, massajchilar va barcha-barchaga rahmat aytaman. Ular ham boshidan buyon jonlarini berib ishlashmoqda. Minimum vazifani bajardik, jahon chempionati yo‘llanmasi qo‘lga kiritildi. Biroq oldimizga maksimum vazifa qo‘yganmiz. Chempion bo‘lishni istaymiz. Nasib qilsa, chempion bo‘lamiz.
- Bugungi uchrashuv davomida oldingi chiziqda ko‘proq Siz o‘ynayapsiz. Bu Sizga og‘irlik qilmayaptimi?
- Og‘ir yuk menda bo‘lgani bilan maydonda 11 kishi futbol o‘ynaydi. Bir kishi bir nechta vaziyatda jamoani qutqarib qolishi mumkin. biroq jamoaviy o‘yin bo‘lmasa, g‘alabaga erishib bo‘lmaydi, deb o‘ylayman. Bugun barcha futbolchilar maydonda jonini berib o‘ynashdi.
- Penaltini tepganingizdan keyin raqiblarga nimadir dedingiz.
- Noto‘g‘ri tepgin dedim (kuladi).
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring