Rossiyalik sobiq futbolchi: "Afg‘oniston bilan o‘ynagandan ko‘ra Medialiga termasi bilan bahs o‘tkazgan ma’qul"
SSKA va "Zenit" sobiq futbolchisi Vladislav Radimov Rossiya terma jamoasining CAFA Kubogida ishtirok etishi borasida o‘z fikrini bildidi.
"Futbol jamoatchiligining katta qismi bunday tashkilot (CAFA) va bunday musobaqa (CAFA CUP) borligini endi bilishdi. Hatto Valeriy Karpin ham bu turnir haqida hech narsa bilmasligi qiziq holat.
Turnir haqida ikki xil fikrdaman:
O‘yin o‘tkazmay, bo‘sh o‘tirishdan ko‘ra har qanday bahs yaxshiroq. Terma jamoaga musobaqa tajribasi kerak. Buning ustiga turnir rasmiy maqomga ega va FIFA ochkolari taqdim etiladi.
Boshqa tomondan qaraydigan bo‘lsak, raqiblar kimligi muhim. Eron - jiddiy raqib. Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston bilan kuzda o‘ynadik. Afg‘onistonning darajasi esa savollarga sabab bo‘lyapti. Afg‘oniston bilan o‘ynagandan ko‘ra Medialiga termasi bilan bahs o‘tkazgan ma’qul" - deydi Rossiya terma jamoasi sobiq futbolchisi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring