date

“Nasaf-2” navbatdagi uchrashuvni “Lokomotiv-BFK”ga qarshi o‘tkazadi

“Nasaf-2” navbatdagi uchrashuvni “Lokomotiv-BFK”ga qarshi o‘tkazadi

Nurali Sultonov murabbiyligidagi “Nasaf-2” jamoamiz navbatdagi tur uchrashuvini Toshkentning “Lokokmotiv-BFK” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar bermoqda.

Uchrashuv 8 iyun chorshanba kuni “Nasaf” FM maydonida soat 17:30da boshlanadi.

Jamoamiz o‘tgan turda “Oqtepa” jamoasi bilan kuch sinashishi kerak edi. Ammo ushbu jamoani birinchilik musobaqasidan chetlatilgani sabab, tanaffus qilishga majbur bo‘ldi.

“Lokomotiv-BFK”ga qarshi uchrashuvda ishlaydigan hakamlar bilan quyidagi ma’lumot orqali tanishishingiz mumkin.

O‘zbekiston Birinchiligi, 14-tur

“Nasaf-2” (Qarshi) – “Lokomotiv-BFK” (Toshkent)

08.06.2016. “Nasaf” FM maydoni, soat 17:30da

Bosh hakam: Dauletbay Jalimov (Nukus)

Qanot hakamlari: Shohruh Qayumov (Jizzax), Shohnur Yuldashev (Jizzax).

Nazoratchi: Shuhratjon Bozorov (Namangan).

Eslatib o‘tamiz, “Nasaf-2” jamoamiz hozirgacha 11ta uchrashuv o‘tkazib, 18 ochko jamg‘arishgan va turnir jadvalining 7-pog‘onasida borishmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » “Nasaf-2” navbatdagi uchrashuvni “Lokomotiv-BFK”ga qarshi o‘tkazadi