Joze Mourino bir necha grand klublar nishonda turibdi. Portugaliyalik mutaxassis xizmatlariga “Real” va PSJ ehtiyoj sezayotgani haqida xabarlar tarqala boshladi.
Corriere dello Sport nashrining ta’kidlashicha, Joze Mourino bor e’tiborini “Roma”ga qaratmoqchi va kelajakda ham “bo‘rilar”ga ustozlik qilish niyatida.
Manbaning ta’kidlashicha, Mourino tez orada klub rahbariyati bilan uchrashib, klubdagi kelajagini muhokama qilmoqchi.
Mutasaddilar esa, tajribali murabbiyga yangi bitim berishga shoshilayotgani yo‘q. Ular mavsum yakunini kutyapti. Mourino oldiga Yevropa ligasida g‘alaba qozonish va jamoani Yevropa Chempionlar ligasiga olib chiqish vazifasi qo‘yilgan. Ko‘p narsa, mana shu topshiriqlar qay darajada bajarilishiga bog‘liqligi aytilmoqda.
Mourinoning amaldagi shartnomasi 2024 yilning 30 iyunigacha tuzilgan. Bu mutaxassis qo‘l ostida rimliklar o‘tgan mavsum Konferensiyalar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritgandi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?