
O‘zbekiston U-23 termasi oxirgi turda mezbon Marokashga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Timur Kapadze shogirdlari ilk turda Togoni 5:3 natijasi bilan yengib, Kot-d'Ivuar bilan nursiz (0:0) durang o‘ynashgandi. Shu tariqa, o‘zbekistonlik olimpiyachilar guruhda 4 ochko bilan uchinchi bo‘ldi. Marokash esa 6 ochko bilan 2-o‘rinni egalladi.
Oxirgi turda Togoni 3:0 hisobida taslim etgan Kot-d'Ivuar kichik turnirni mag‘lubiyatsiz 7 ochko bilan peshqadam sifatida yakunladi.
U-23 xalqaro o‘rtoqlik turniri
1. Kot-d'Ivuar – 7 ochko (+4);
2. Marokash – 6 ochko (+4);
3. O‘zbekiston – 4 ochko (-1);
4. Togo – 0 (-7).
O‘zbekiston U-23Marokash TurniriKot-d'IvuardaTimur KapadzeOlimpiya TermasiKichik Turnir O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar