«Neftchi» «Dinamo» bilan durang o‘ynab, chempionlikni qo‘lga kiritdi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Farg‘onaning «Istiqlol» stadionida o‘tgan O‘zbekiston Superligasining 29-tur uchrashuvida «Neftchi» va «Dinamo» jamoalari 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
- «Dinamo» safida Amadu Dumbiya dubl qayd etgan bo‘lsa, «Neftchi» futbolchisi Jamshid Iskanderov ikkita penaltini aniq amalga oshirib, jamoasiga chempionlikni taqdim etdi.
- Uchrashuvning hal qiluvchi goli 90+7-daqiqada kiritildi.
O‘zbekiston Superligasining 29-turida «Neftchi» va «Dinamo» jamoalari Farg‘onada o‘zaro bahs olib bordi. «Istiqlol» stadionida o‘tgan uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi. Farg‘onaliklar so‘nggi soniyalarda penaltini golga aylantirib, durangni ta’minladi va chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvda hisobni 42-daqiqada «Dinamo» futbolchisi Amadu Dumbiya ochdi. U Anvarjon Hojimirzayevning uzatmasidan keyin darvozani ishg‘ol qildi. Ortidan ikki daqiqa o‘tib, Dumbiya yana bir bor gol urib, samarqandliklar ustunligini oshirdi.
«Neftchi» ikkinchi bo‘limda javob qaytardi. 57-daqiqada Jamshid Iskanderov penaltini aniq amalga oshirib, farqni bitta golga qisqartirdi. Uchrashuvning asosiy vaqti tugaganidan keyin, 90+7-daqiqada hakam yana penalti belgiladi. Iskanderov ikkinchi bor nuqtadan aniq zarba berdi va hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa «Neftchi» so‘nggi daqiqalarda chempionlikni ta’minladi.
Uchrashuv tafsilotlari
Superliga, 29-tur. 28 noyabr 2026 yil. Farg‘ona, «Istiqlol» stadioni. Uchrashuv 16:15 da boshlangan.
Gollar: Amadu Dumbiya, 42, 44; Jamshid Iskanderov, 57 (penalti), 90+7 (penalti).
«Neftchi» asosiy tarkibi: Botirali Ergashev, Ikromjon Aliboyev, Abrorbek Ismoilov, Jamshid Iskanderov, Nurmuhammad Abdug‘aniyev, Anvarjon G‘ofurov, Alisher Odilov, Nurbek Sarsenbayev, Farruh Sayfiyev, Koffi Kuao, Ratino.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Muxsinjon Ubaydullayev (36-daqiqa), Xurshid G‘iyosov (46), Asilbek Jo‘mayev (84), Ibrohimhalil Yo‘ldoshev (70).
«Dinamo» asosiy tarkibi: Edem Nemanov, Artyom Radayev, Mixail Shtefan, Azizbek Amonov, Anvarjon Hojimirzayev, Amadu Dumbiya, Jaloliddin Jumaboyev, Akbar Xudoyberdiyev, Xaris Haydarevich, Firdavs Abdurahmonov, Edem Seytvaliyev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Rasul Yo‘ldoshov (60-daqiqa), Sanjar Qodirqulov (80), Abdug‘afur Haydarov (80), Behruzbek Oblaqulov (85).
Uchrashuv bosh hakami Shavkat Nasibullayev bo‘ldi. Unga Ruslan Serazitdinov va Abdurahmon Shukurlayev yordam berdi, to‘rtinchi hakam vazifasini Ma’rurjon Ilhomov bajardi. VAR hakami Akobirxo‘ja Shukurlayev, AVAR hakami Kristina Sereda bo‘ldi. Nazoratchi Bobur Haydarov, komissar Shohruh Said edi.
Ogohlantirish: Jaloliddin Jumaboyev, 23-daqiqa.
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

































Izohlar0
…