“Spetsiya” 8 aprel kuni Florensiyada “Fiorentina” mehmoni bo‘ladi. Liguriyaliklar bosh murabbiyi Leonardo Semplichi uchun bu uchrashuvning ahamiyati katta. Chunki Florensiyada tug‘ilgan va aynan ma shu joyda futbolchi sifatida shakllangan.
“Fiorentina” A Seriyada oltita o‘yindan beri mag‘lubiyatga uchramayapti. Dastlab, “Empoli” bilan ochko bo‘lishgan florensiyaliklar ketma-ket beshta bahsda “Verona”, “Milan”, “Kremoneze”, “Lechche” va “Inter” ustidan zafar quchdi.
“Spetsiya” kuchli raqib maydonida bo‘ladigan to‘qnashuv arafasida tarkib borasida katta muammoga duch keldi. Semplichi o‘yinda sakkiz nafar shogirdi xizmatidan foydalana olmaydi.
Florensiyalik mutaxassis o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
O‘yin haqida
Har bir bahsning qiymati ortib bormoqda. Bu yigitlarga bosimni oshiradi. Futbolchilarning mentalitetini oshirish va sifatlarini rivojlantirish usullarini topishimiz kerak. Men mavjud muammo va kamchiliklar yechimini tushinib yetishim kerak. Bu orqali futbolchilarni ilk daqiqalardan bellashuv oxirigacha eng yaxshi sifatlarini ko‘rsatishiga yo‘l ochiladi.
Shomurodov haqida
Biz ko‘p omillarni qadrlashimiz kerak. Eldor Shomurodovning gol ura boshlagani nafaqat o‘ziga, balki eng avvalo, jamoa uchun muhim ekanligini ta’kidlash lozim. Men Eldor Shomurodov, Mbala Nzola, Emmanuel Gyasidan iborat hujum uchligini o‘yin davomida emas, ilk daqiqalardan o‘ynatish usulini qidiryapman.
Tabiiyki, buning uchun hujumchilarning o‘ziga ham ko‘p narsa bog‘liq. Ular raqib darvozasiga xavf solish barobarida jamoamizning himoyalanishiga ham yordam bera oladigan darajada salohiyat va mahoratga ega bo‘lishlari hamda maydonda himoyaning birinchi chizig‘i sifatida harakat qilishlari talab etiladi.
Biz oldindagi uchrashuvlarda ham bu futbolchilarning birga o‘ynashiga imkoniyat yaratishga harakat qilamiz.
Verde haqida
Biz “Monako”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdik. Unda Daniele Verde eng yaxshi o‘yinchi bo‘ldi. O‘n kundan beri holati yaxshi ekanini ko‘rib turibmiz. O‘tgan uchrashuvda uni zaxiraga oldim. Men shaxsan undan emas, balki butun jamoaning o‘yinidan qoniqmaganim uchun Verdeni zaxiraga olib, ularni uyg‘otishga urindim. Men uchun u ham muhim o‘yinchi. Bu mavsum uning jismoniy tayyorgarligida kamchiliklar bor. Qachon o‘ynatish mening ishim.
Jamoa haqida
Alohida futbolchilarni ajratib ko‘rsatish xato bo‘ladi. Yigitlarning o‘zlari qanday xususiyatlarga ega ekanini hali to‘liq tushunib yetgani yo‘q. Jamoaga kelganimda italiyalik bo‘lmagan futbolchilarning ko‘pligidan hayratga tushgan. Ularning hammasida yaxshi natijalar olib keladigan mentalitet va sifat borligiga ishonch hosil qilishim kerak. Jamoaning eng zo‘r xususiyati nimada ekanini tushunib olish zarur.
Tarkibdagi muammolar haqida
Jamoadagi vaziyatga oydinlik kiritib o‘tishni istayman. Agudelo, Xolm, Kaldara, Moutino, Sala, Bek, Kovalenko va Zovko bizga yordam bera olmaydi. Agudeloda kichik jarohat bor. Xolm safga qo‘shilib, yana tanaffus qilishga majbur bo‘ldi. Kovalenkoning isitmasi baland. Sala ham mashg‘ulotda qatnashgani yo‘q. Kaldara to‘pig‘idan zarba yegan va shikastlangan. Bekning tovoni singan. Lekin bu jamoaning qudratiga ta’sir qilmasligi kerak. O‘z o‘yinimizni ko‘rsata olishimiz muhim. Jamoa Florensiyada ajoyib o‘yin namoyish qilishga tayyor.
Florensiya haqida
Florensiya mening uyim. Shu yerda o‘sib, katta futboldagi ilk qadamlarimni tashlaganman. “Fiorentina”ga daoim muxlislik qilganman. Uy arenasiga kirganimda hissiyotlar jumbushga keladi. Ularni Primaverada shug‘ullantirganman. Tribunalarda juda ko‘p do‘stlarim o‘tiradi. Hozir men boshqarayotgan jamoaga ochko kerak. Shuning uchun biroz ularning asabiga tegaman.
“Fiorentina” haqida
Bu jamoa turli musobaqalarda ketma-ket to‘qqizta uchrashuvda g‘alaba qozondi. Bir necha uchrashuvlarini ko‘rdik. Ba’zan xato ham qilib turishadi. Biz ularni xafa qiladigan vaziyatlar yaratishimiz kerak.
Biznei juda murakkab uchrashuv kutyapti. Uyga yaxshi natija bilan qaytish uchun birinchi navbatda o‘zimizni yengib, florensiyaliklardan ochko tortib olishimiz lozim. Buning uchun shogirdlarimning har biri 30 yoki 45 daqiqa emas, balki butun uchrashuv davomida o‘zini ko‘rsatishi talab etiladi.
"Fiorentina" va "Spetsiya" o‘rtasidagi uchrashuv 8 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da boshlanadi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi