
O‘zbekiston Superligasi 5-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Qizilqum" bahsi yakunlandi. Unda mezbonlar 3:1 hisobida zafar quchdi.
Toshkent klubi safida ilk golga Abbos Fayzullayev mualliflik qildi. Ikkinchi gol Aziz Turg‘unboyev nomiga qayd etilgan bo‘lsa, "sherlar"ning so‘nggi golini Dragan Cheran kiritdi. Navoiy klubidan Viktor Mbaoma o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, "Paxtakor" ochkolari sonini 9 taga yetkazib oldi va jadvalda 6-o‘ringa chiqib oldi. "Qizilqum" hisobida 4 ochko mavjud bo‘lib, klub 11-pog‘onani band etib turibdi.
PAXTAKOR – QIZILQUM 3:1
Gol: 1:0 — 13, Abbosbek Fayzullayev, 2:0 — 34, Aziz Turg‘unboyev, 3:0 — 74, Dragan Cheran, 3:1 — 88, Viktor Mbaoma.
"Paxtakor" - 35. Sanjar Quvvatov, 3. Xojiakbar Alijonov, 4. Dostonbek Tursunov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 7. Odil Hamrobekov (Behruzbek Asqarov, 69), 8. Aziz Turg‘unboyev, 10. Dragan Cheran, 14. Abbosbek Fayzullayev, 17. Doston Hamdamov (Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 69), 27. Sardor Sobirxo‘jayev, 88. Shahzod Azmiddinov.
Zaxira: Eldorbek Suyunov, Sardor Rashidov,Giorgi Papava, Rustam Turdimurodov, Abubakir Ashurov, Diyor Xolmatov, Dilshod Saidov.
"Qizilqum" - 35. Javohir Ilyosov, 2. Avazxon Mamatxo‘jayev (Azizbek Usmonov, 46), 4. Ilhomjon Vahobov, 5. Samandar Shukurillayev, 6. Murodbek Rahmatov, 10. Islombek Kenjaboyev, 11. Jasur Xolto‘rayev, 24. Ifeani Ifeani, 75. Oleg Tolmasov, 77. Oybek Nurmatov, 87. Alisher Sanoyev.
Zaxira: Artyom Makosin, Humoyun Abdualimov, Jaloliddin Sodiqov, Timur Nabiyev, Sherali Jo‘rayev, Viktor Mbaoma, Islom Toshpo‘latov, Diyor Rahmatilloyev.
Ogohlantirish: Islom Toshpo‘latov (88)
Chetlatish: Oybek Nurmatov (65)
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar