14:20 / 01.05.2023
259

O‘zbekiston fantastik tarkib jamladi!

O‘zbekiston fantastik tarkib jamladi!
Osiyo boks konfederatsiyasi (ASBC) Toshkentda boshlangan va 14 maygacha davom etadigan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi imkoniyatlarini yuqori ekanini ta’kidlab, tarkibdan o‘rin olgan bokschilar salohiyatini baholadi.
 
Konfederatsiya rasmiy saytida O‘zbekiston terma jamoasi haqida maqola joylandi.
 
O‘zbekiston jahon chempionatidan oldin fantastik tarkib jamladi. Terma jamoada Hasanboy Do‘smatov va Bahodir Jalolov singari olimpiada chempionlari yetakchilik qilmoqda.
 
O‘zbek bokschilari 2015, 2017, 2019  yillardagi jahon chempionatlarida fantastik natijalarni qo‘lga kiritgandi. Biroq Belgradda bo‘lgan oxirgi jahon miqyosidagi musobaqa ularga katta muvaffaqiyat keltirmadi. Endi hozirgi terma jamoa jahon chempionati oltin medallari uchun bir necha favoritlarga ega.
 
Hasanboy Do‘smatov 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlarida chempion bo‘ldi va musobaqaning eng zo‘r bokschisiga beriladigan Vel Barker kubogini qo‘lga kiritdi.
 
Bugungi kunda o‘ta og‘ir vazn toifasidagi eng kuchli charm qo‘lqop ustasi Bahodir Jalolov Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarida oltin medalga sazovor bo‘ldi.
 
Do‘smatov hali jahon chempionatlari shohsupasiga ko‘tarilmagan bo‘lsa, Bahodir Jalolov 2019 yili jahon chempioni bo‘ldi.
 
2021 yilgi jahon chempionatida kumush medalga loyiq ko‘rilgan Abdumalik Xalakov jamoadoshlari Ruslan Abdullayev, Saidjamshid Ja’farov, Lazizbek Mullajonov bilan birga Osiyo chempionati g‘olibi bo‘lgan.
 
O‘z vaznida kuchli hisoblangan Mujibullo Tursanov, texnikasi bilan ajralib turadigan Asadxo‘ja Muydinxo‘jayev va Shahjahon Abdullayev ikki yil oldingi jahon chempionatida tajriba to‘plagan edi. Hozir bu trioning tajribasi va mahorati avvalgidan ancha o‘sganini ta’kidlash lozim.
 
Jahon chempionati debyutantlari hisoblangan Shodiyor Meliqo‘ziyev va Oybek Jo‘rayev qator milliy va xalqaro turnirlar g‘olibi hisoblanadi.
 
Yangi avlod vakillari – A’loxon Abdullayev hamda Jasurbek Yo‘ldoshev 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati g‘oliblari hisoblanadi va ilk bor kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston fantastik tarkib jamladi!