Polsha kichik hisobda Shimoliy Irlandiyani engdi

Birinchi bo‘limda Polsha katta ustunlikka erishib, raqib darvozasi oldida bir qancha xavfli vaziyatlarni sodir qildi. Levandovski va Milik qulay imkoniyatlardan foydalana olmadi. Shimoliy irlandiyaliklar asosiy e’tiborini himoyaga qaratib, o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolish haqida o‘ylashdi, deya yozmoqda "Stadion" nashri.
Ikkinchi bo‘limda ham vaziyat o‘zgarmadi. Polsha tezkor va hujumkor o‘yin namoyish qilib, raqibni o‘z jarima maydoniga qamab qo‘ydi.
51-daqiqada bu harakatlar o‘z samarasini berdi. O‘ng qanotdan oshirilgan to‘pni jarima maydoni ichida qabul qilib olgan Arkadiush Milik yaqin masofadan kuchli zarba yo‘llab, hisobni ochdi.
Shundan so‘ng, shimoliy irlandiyaliklar o‘yinni biroz tenglashtira olishdi. Maydon markazida faollikni oshirib, oldinga dadil o‘ta boshlashdi. 71-daqiqada esa hisob tenglashishi mumkin edi. Konor Vashington darvozabon yuzma-yuz chiqib bordi, ammo to‘pga zarba berishga ulgurmadi.
Qolgan daqiqalarda Polsha terma jamoasida vaziyatlar ko‘proq bo‘ldi. Lekin Blashchikovski va Levandovski tomonidan yo‘llangan kuchli zarbalarga aniqlik etishmadi.
Shimoliy Irlandiya esa harchand urinmasin Polsha himoyasini yorib o‘ta olmadi.
12 iyun, Nissa, «Stad de Nis»
Polsha – Shimoliy Irlandiya 1:0 (0:0)
Gol: Milik (51)
Polsha – Shchensni, Glik, Enjeychik, Pishchek, Pazdan, Blashchikovski (Grosiski, 80), Krixovyak, Monchinski (Yodloves, 78), Kapustka (Peshko, 88), Milik, Levandovski.
Shimoliy Irlandiya – Makgovern, Ketkart, Makoli, Evans, Makneyr (Dallas, 46), Norvud, Beyrd (Uord, 76), Devis, Fergyuson (Vashington, 66), Maklaflin, Laferti.
Ogohlantirishlar: Kapustka (65), Ketkart (69), Pishchek (89). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing