Hasanboy Do‘smatov jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi


Toshkentdagi "Humo arena"dagi boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
Toshkent vaqti bilan 18:55 dan so‘ng (-51 kg) Hasanboy Do‘smatov meksikalik Alberto Ximenesga qarshi ringga ko‘tarildi.
Hamyurtimiz ko‘k libosda, unig raqibi qizil formada harakat qildi. Hasanboy ilk soniyalardayoq raqibini nokdaun holatiga tushirdi. Hisob ochildi. Bokschi jangni davom ettirishini bildirdi.
Uch raund yakuniga ko‘ra hakamlar Hasanboyning ustunligini qayd etishdi. Yakuniy hisob 5:0. Hasanboyning ishonchli g‘alabasi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…