
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yichi erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
-92 kg vazn toifasida hamyurtimiz Lazizbek Mullojonov kolumbiyalik Marlo Xartado bilan ringga ko‘tarildi. Mullojonovning ustunligi ostida o‘tgan jangda vakilimiz 5:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng Lazizbek Mullojonov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Raqibning internetda janglari yo‘qligi tufayli to‘liq o‘rgana olmadik. Shuning uchun birinchi raundda Marlo Xartadoni o‘rganib, unga bosim o‘tkazishga harakat qildim.
Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi bosim emas, aksincha kuch-quvvat berdi. Yanada yaxshiroq ishlashimizga motivatsiya bo‘lyapti. Keyingi jang turkiyalik raqibga qarshi kechadi. Ringni, muhitni his qildik. Endi bundan ham yaxshiroq jang o‘tkazib, yuqoriga ko‘tarilamiz.
Musobaqaga tayyorgarlik yaxshi o‘tgan. Barcha vaznda o‘zbekistonlik bokschilar oltin medallarga ega chiqadi, deb o‘ylayman, - dedi Mullojonov.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing