
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda.
-67 kg vazn toifasida Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev yaponiyalik Yuto Vakitaga qarshi ringga ko‘tarildi.
Bokschilar ringga chiqib kelmoqda. Hamyurtimiz ko‘k libosda, uning raqibi qizil formada harakat qildi.
Uch raund yakuniga ko‘ra hakamlar hamyurtimizning ustunligini qayd etishdi - 5:0.
Shu tariqa Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev ushbu jahon chempionatini ishonchli g‘alaba bilan boshladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar