23:20 / 06.05.2023
120

Maksim Shatskix: "Ba’zi futbolchilarimiz betob, yoshlarimiz JCHga tayyorgarlik ko‘rishmoqda, shu uchun bugun o‘zgarish amalga oshirmadim"

Maksim Shatskix: "Ba’zi futbolchilarimiz betob, yoshlarimiz JCHga tayyorgarlik ko‘rishmoqda, shu uchun bugun o‘zgarish amalga oshirmadim"
"Paxtakor" ustozi Maksim Shatskix "Turon"ga qarshi bo‘lib o‘tgan Superliganing 9-tur o‘yinidan (1:0) so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.
 
Maksim Shatskix: "O‘zimiz istagan futbolni namoyish etishimizga ob-havo yo‘l qo‘ymadi. Bahs muxlislar uchun qiziq bo‘ldi deb o‘ylayman. Ikkala jamoa gol urishga urindi, buni biz uddaladik va 3 ochkoga ega bo‘ldik. Ba’zi futbolchilarimiz betobligi tufayli uchrashuvni o‘tkazib yuborishdi. Bugun rotatsiya qila olmasdik. Asosiysi o‘z maqsadimizga erishdik.
 
- Nega birorta o‘zgarish amalga oshirmadingiz?
- Hozir aytganimdek, bir necha futbolchimiz betob. Yoshlarimiz esa JCHga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Qolgan yoshlar esa bu darajadagi o‘yinlarga tayyor emas. Bunday "sirpanchiq" hisobda tavakkal qilish xato bo‘lardi.
 
- Hozirgi savolim bugungi o‘yin haqida emas. 1999 yilda Samarqandda O‘zbekiston terma jamoasi Ozarbayjonga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazgan. O‘shanda xet-trik qayd etgansiz. Xet-trikka kimlar yordam bergan?
- Ha, o‘yin esimda, ammo o‘sha bahsdagi voqealarni batafsil eslay olmayman.
 
- 1996 yilda siz Rossiyada o‘ynay boshlagansiz, avvaliga "Sokol", keyin "Torpedo", "Lada Tolyatti", "Gazovik". Bu klublarda tajribali futbolchilar sizga qanday munosabatda bo‘lishgan?
- Yaxshi. Men o‘z majburiyatlarimni bilardim. O‘sha vaqtda nima qilish kerak bo‘lsa, hammasini bajarganman.
 
- Uydan uzoqda bo‘lgansiz. Qiyinchiliklarni qanday yengib o‘tgansiz?
- Boshida qiyin bo‘lgan. Uyga ketishni xohlardim, ammo mehnat orqali barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tganman.
 
- Nega hozirga kelib futbolchilar murabbiyni ishdan ketishini xohlab, atayin yomon o‘yin ko‘rsatyapti, murabbiylar o‘yinchilar bilan chiqisha olmayapti. O‘z vaqtida Yuriy Vazgenovich Sarkisyan hamma bilan juda yaxshi aloqada bo‘lgan.
- Hozir boshqa zamon.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Maksim Shatskix: "Ba’zi futbolchilarimiz betob, yoshlarimiz JCHga tayyorgarlik ko‘rishmoqda, shu uchun bugun o‘zgarish amalga oshirmadim"