23:36 / 08.05.2023
214

Asror Aliqulov: "Biz futbolchilarni tanlashda xato qildik va shu xatolarimiz qimmatga tushmoqda"

Asror Aliqulov: "Biz futbolchilarni tanlashda xato qildik va shu xatolarimiz qimmatga tushmoqda"
OKMK - "Qizilqum" uchrashuvidan (4:0) so‘ng mehmon jamoa ustozi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
 
- O‘yin haqidagi fikrlaringiz?
- Bugun mag‘lub bo‘ldik va barcha aybni o‘z bo‘ynimga olaman. Birinchi golga qadar yomon o‘ynamayotgan edik. Gol o‘tkazib yubordik va o‘yin o‘zgarib ketdi, qizil kartochkadan so‘ng esa raqib maydonda xohlagan ishini qildi.
 
- Islom Kenjaboyevning e’tirozini murabbiy sifatida hurmatsizlik deb hisoblamaysizmi?
- U futbolchining o‘ziga bog‘liq. Biz jamoa sifatida uning harakatini noto‘g‘ri deb hisoblaymiz. Bu jamoadagi ichki nizo va shunday holatlar jamoaning o‘yiniga albatta ta’sir o‘tkazadi.
 
- Jamoadagi ichki muhit buzilgandek emasmi?
- Bunga sabab "Qizilqum"da futbolchilar yo‘qligi. Biz jamoadagi futbolchilarni almashtira olmaymiz. Futbolchilarni tanlashda xato qildik va shu xatolarimiz qimmatga tushmoqda. Biz ko‘p futbolchilarni yig‘ib oldik. Futbolchi maydonda o‘zini shunday tutsa murabbiy uchun qiyin. Yangi jamoa tuzganmiz, jamoadagi ichki muhit ko‘proq o‘tgan mavsum to‘p tepgan futbolchilarga bog‘liq va ular jamoadagi ichki muhitni yaratishlari kerak edi. Tarkibimizda juda ko‘p yangi futbolchilar bor. Masalan legionerlarimiz har xil qit’alardan va ular hali yaxshi chiqishib keta olishmadi.
 
- Ushbu muammolarning kelib chiqishiga sabab intizommi yoki o‘yindagi muammolar?
- Ko‘p muammolar intizom tufayli kelib chiqmoqda. Maydonda o‘z vazifasini bajarmaydigan futbolchi sabab, qolgan pozitsiyalarga ko‘proq bosim bo‘ladi. Ko‘p holatlarda ham futbolchilarga xarakter yetishmayapti.
 
- Jamoadagi eng muammoli pozitsiya qaysi?
- Bizga pleymeyker yetishmayapti. Hujumga o‘tayotgan chog‘imiz o‘yinni nazorat qiladigan va himoyada ham yordam beradigan sifatli futbolchi yetishmayapti. Stanisavlevichni yo‘qotganimiz qimmatga tushdi. Transferlar oynasida u bilan kelishib olgandik, lekin O‘zbekistonga qaytib kelganidan so‘ng boshqa jamoaga borib qo‘shildi. Biz tarkibimizda bor futbolchilar bilan harakat qilishga majburmiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Asror Aliqulov: "Biz futbolchilarni tanlashda xato qildik va shu xatolarimiz qimmatga tushmoqda"