O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi Srechko Katanes Osiyo kubogi natijalaridan keyin raqiblarimiz haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
O‘zbekiston terma jamoasi "B" guruhidan joy oldi va Avstraliya, Suriya va Hindiston termalari bilan kuch sinashadi.
"Qur’a natijalari haqida gapiradigan bo‘lsam, bu yerda barcha guruhlar daraja jihatdan bir-biriga yaqin. Ya’ni har bir guruh murakkab. Bizning guruhdagi Avstraliya Osiyoning eng kuchli terma jamoalaridan biri hisoblanadi. Suriya terma jamoasini ham hurmat qilaman. Ularda kuchli futbolchilar, yaxshi hujumchilar bor. Ularga qarshi o‘yinda ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Hindiston terma jamoasini turnirda bor kuchini berib o‘ynashiga ishonaman. Hindistonning ba’zi uchrashuvlarini kuzatganman. Ularda bosh murabbiy vazifasini Igor Shtimas bajaradi. U juda kuchli mutaxassis va jamoani turnirga yaxshi tayyorlay oladi.
O‘ylaymanki, biz qit’a birinchiligiga tayyor holatda boramiz. Barcha futbolchilarimiz turnirga jarohatlarsiz yetib borishiga umid qilaman. Yaxshi natija ko‘rsata olishimizga ishonaman", - dedi Katanes.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin