date

Hasanboy Do‘smatov ham finalga yo‘l oldi

Hasanboy Do‘smatov ham finalga yo‘l oldi
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Bugun yarim final janglari bo‘lib o‘tadi.
 
-51 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov ispaniyalik Martin Molinaga qarshi ringga ko‘tarildi. Hamyurtimiz qizil formada, uning raqibi ko‘k libosda harakat qildi.
 
Ilk raundda hamyurtimizning qo‘li baland keldi - 5:0.
 
Ikkinchi raundda ham Hasanboyning ustunligi qayd etildi - 5:0.
 
Uchinchi raundda hakamlar ispaniyalik bokschining g‘alabasini qayd etishdi - 2:3. Yakuniy hisob Hasanboy Do‘smatovning foydasiga 5:0.
 
Shu tariqa, Hasanboy finalga yo‘l oldi va kamida kumush medali va 100 ming dollar pul mukofotiga ega chiqdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hasanboy Do‘smatov ham finalga yo‘l oldi