Yurtimizda sportni ommaviyligini yanada ta’minlash, aholi ayniqsa turli soha vakillari o‘rtasida uni keng targ‘ib etish, qiziqqan yo‘nalishlarda shug‘ullanishlari har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda. Prezidentimizning 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoni ijrosi bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Jumladan, Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi va uning tizimida mehnat qilayotgan tezkor va texnik xodimlar o‘rtasida turli sport musobaqalari tashkil etilayotgani samara bermoqda.
Ana shunday musobaqalardan biri O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tashkil etilganligining 6 yilligi munosabati bilan tashkil etildi. Namangan viloyat yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi ko‘magida kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi bilan hamkorlikda sportning yugurish, suzish, shaxmat va shashka turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada ishtirokchilar bahs olib borishdi.
“Barkamol avlod” sport majmuasi mezbonlik qilgan musobaqaning har bir turlari ishtirokchilar va muxlislarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ayniqsa, 100 va 200 metrga yugurish, suzish turlari anchayin qiziqarli kechdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra suzish bo‘yicha B.Qo‘ziyev, yugurish musobaqasida esa A.Mo‘minovlar faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. “Aql gimnastika” deya nom olgan shaxmat yo‘nalishida M.Mullaxov, shashka bahslarida esa O.Po‘latovlar g‘olib bo‘lishdi.
Musobaqalar yakunida g‘olib va sovrindorlarga boshqarma va boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining diplom hamda qimmatbaho sovg‘alari tantanali topshirildi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi