23:31 / 13.05.2023
393

Ulug‘bek Baqoyevdan keskiy fikrlar! U tarkibdagi futbolchilarning darajasi haqida gapirdi

Ulug‘bek Baqoyevdan keskiy fikrlar! U tarkibdagi futbolchilarning darajasi haqida gapirdi
O‘zbekiston Superligasi 10-turidan o‘rin olgan "Paxtakor"  - "Buxoro" bahsi yakunlandi. Unda mezbonlar kichik 1:0 hisobida zafar quchdi.
 
Toshkentliklarning yagona goliga Aziz Turg‘unboyev mualliflik qildi. Bu gol "Paxtakor" uchun muhim 3 ochkoni taqdim etdi. Qayd etish lozim, 90+12-daqiqada Abbos Otaxonovning zarbasini Sanjar Quvvatov bartaraf etdi.
 
Bellashuvdan so‘ng har ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Quyida buxoroliklar ustozi Ulug‘bek Baqoyevning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
 
- O‘yinni yomon va tushunarsiz boshladik. "Paxtakor"dan daraja jihatdan ancha ortda edik va taym so‘nggida gol o‘tkazib yubordik.
 
- Ikkinchi bo‘limda o‘zgarishlar amalga oshdi va ancha agressivroq o‘yin ko‘rsatishni boshladik. Gol urish uchun bir qator vaziyatlar bo‘ldi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Psixologik tomondan bu juda qiyin vazifa edi. Shunday bo‘lsa ham yigitlardan xursandman. "Paxtakor"ni esa g‘alaba bilan tabriklayman va keyingi o‘yinlarda ularga omad tilayman.
 
- Jamoaningiz ko‘rsatayotgan o‘yin, natija va tarkibdagi futbolchilardan qay darajada ko‘nglingiz to‘lyapti?
 
- Qachonki natija bo‘lmasa, albatta, xursand bo‘lmaymiz. Ahvolimiz juda yomon. Psixologik va jismoniy holatimiz talab darajasida emas. Hammasi yaxshilanishi uchun qanchadir muddat vaqt kerak. Shu sababli, nimadir o‘xshaydi, nimadir esa o‘xshamaydi. Ayta olamanki, jamoada o‘sish bor. U juda katta emas, ammo bor.
 
- O‘zingiz aytganingizdek, jamoada o‘sish bor, ammo biroz agressivlik yetishmayapti. Bunga nima sabab bo‘lmoqda?
 
- Kimnidir alohida ko‘rsatishni xohlamayman va futbolchilarni yaxshi va yomonga ajratish niyatim yo‘q. Sizning savolingizga javobim bu - futbolchilarning darajasi. Bizda yaxshi klassdagi, o‘rta klassdagi hamda o‘rta klassdan ham pastroq darajadagi futbolchilar bor. Shunday ekan, hamma o‘z ustida ishlashi va maydonga chiqib qo‘lidan kelganicha o‘ynashi lozim. Chindan ham agressiya yetishmayapti. Bu daraja bilan bog‘liq, deb o‘ylayman.
 
- Bugun jamoaning oldingi chizig‘ida kreativlik yetishmadi. Dilshod Jo‘rayev oldinga o‘tganidan keyin esa hujumlar xavfliroq tus oldi. Keyingi o‘yinlarda uni nisbatan hujumkorroq pozitsiyada o‘ynatishingiz mumkinmi?
 
- Kreativ bu futbolchilarning nostandart qarorlar qabul qilishi bilan bog‘liq. Bu yana klass masalasi. Biroq vaziyatlar yaratgan bilan darvoza tomon zarba berilmasa, gol bo‘lmaydi. Dilshodning oldinga o‘tishiga kelsak, "Paxtakor" bir kishi kam bo‘lib qoldi va bizga ma’lum afzalliklarga ega futbolchi kerak edi. Hujumkorlikka urg‘u berganimiz uchun u bugun bizga foyda keltirdi. Keyingi o‘yinlarga tayyorgarlikni hozirdan boshlaymiz hamda vaziyatga qarab ish tutamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ulug‘bek Baqoyevdan keskiy fikrlar! U tarkibdagi futbolchilarning darajasi haqida gapirdi