Payetning goli Evropa chempionatlari tarixidagi eng kech urilgan gol bo‘ldi

Evro-2016 guruh bosqichining ikkinchi turida Fransiya termasi Albaniyani 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Har ikki gol uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida kiritildi. Dimitri Payet tomonidan urilgan ikkinchi gol qo‘shimcha oltincha daqiqada urildi. Bu Evropa chempionatlarining asosiy bo‘limlarida eng kech urilgan gol bo‘lib tarixga kiradigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bu Payetning musobaqadagi ikkinchi goli. U Ruminiyaga qarshi o‘yinda ham so‘nggi daqiqalarda gol urib. Fransiyaga g‘alaba keltirgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing