
O‘zbekiston 20 yoshlilar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan mundialdan ilk turda Argentinaga qarshi maydonga tushib, 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘yindan keyin Ravshan Haydarov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"O‘yin muxlislarga yoqadigan jangovar tarzda o‘tdi. Vaziyatlar yaratish bo‘yicha, maydondagi kurashlarda raqibga munosib qarshilik ko‘rsata oldik va ulardan hech qanday kam joyimiz yo‘q edi, faqat vaziyatlarni yakunlash bo‘yicha Argentina bizdan kuchliroq ekan. Men yigitlarning o‘yinidan xursandman va keyingi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz", - dedi Haydarov.
O‘zbekiston mazkur mag‘lubiyatdan keyin guruhda 3-o‘rindan joy oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar