
Jahon chempionatining birinchi turidan o‘rin olgan Argentina - O‘zbekiston uchrashuvi mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. O‘yindan keyin argentinaliklar futbolchisi Alexo Veliz bahsga quyidagicha izoh berdi:
"O‘yin biz uchun omadsiz tarzda davom etayotgandi. Biroq Xudoga shukr, biz g‘alabani qo‘lga kirita oldik. Qiyin bo‘lishini juda yaxshi bilardik. O‘zbekiston kutilganidek kuchli o‘yin namoyish etdi.
Stadionda muxlislar ko‘p bo‘lganini ko‘rish biz uchun yoqimli. Bahs oldidan murabbiy Maskerano bizga bundan kuch olish kerakligini aytib o‘tgandi.
Bellashuv biz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Bundan juda xursandmiz", - dedi vakillarimiz darvozasini birinchi bo‘lib ishg‘ol qilgan futbolchi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar