
Bugun 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida jahon chempionati 2-tur o‘yinlari start oladi. O‘zbekiston - Yangi Zelandiya uchrashuvi oldidan okeaniyaliklar bosh murabbiyi Darrin Beziliy oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"O‘zbekistonning Argentinaga qarshi o‘yinini tomosha qildim. Ulardagi vaziyatlarni ko‘rib, bugungi raqibimiz mezbonlardan kuchli ekanini anglab yetdim.
Raqibimiz yuqori tempda, tezkor va agressiv futbol namoyish etadi. Biz mag‘lub bo‘lmaslik yoki durang uchun o‘ynamaymiz. Raqibga ustunlikni berish hozirgi futbolda o‘ta xatarli hisoblanadi.
Agar keyingi bosqichga chiqishni istasak, O‘zbekistonga o‘xshagan raqiblarni yengishimiz shart. Boshqachasiga bu musobaqada muvaffaqiyat qozonib bo‘lmaydi. Yigitlar yaxshi natijalar qayd eta olishiga ishonadi va bugun buni isbotlashimiz kerak!", - dedi mutaxassis o‘yin oldidan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar