
Professional boksning yarim o‘rta (-66,6 kg) vazn toifasida harakat qiladigan Shahram G‘iyosov (13-0, 9 KO) navbatdagi jangini AQSHda o‘tkazadi. Bu haqda Matchroom Boxing ma’lum qildi.

Foto: Instagram
17 iyun kuni Yangi Orlean shahrida bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida O‘zbekiston vakiliga amerikalik Harold Kalderon (27-0, 18 KO) raqib bo‘ladi.
Ushbu jang g‘olibi WBA chempionlik kamariga majburiy da’vogarga aylanadi.
G‘iyosov so‘nggi jangini 2022 yilning may oyida o‘tkazib, 10 davom etgan jangda meksikalik Kristian Gomesni mag‘lub etgandi.
Kalderon esa oxirgi marta 2022 yil sentyabrida ringga ko‘tarilgan va 3-raunddagi nokaut evaziga g‘alaba qozongan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar