Kecha Ravshan Haydarov boshqaruvidagi U20 terma jamoamiz 3-tur bahsida Gvatemalani yengib, 4 ochko to‘plagan xolda guruhda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, yoshlarimiz pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Endilikda, ularga kim raqiblik qilishi mumkinligi ko‘pchilikni qiziqitirgan savolga aylanmoqda. Biz, narigi guruhdagi xolat haqida batafsil ma’lumot taqdim etamiz.
Bu guruhda Kolumbiya 6 ochko bilan pley-off bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘lgan. Bu jamoa 3-turda Senegalga mag‘lub bo‘lmasa, guruh g‘olibligini qo‘lga kiritadi.
Shunda 2-o‘rin masalasi Yaponiya-Isroil o‘yinida hal bo‘ladi. Qit’adoshlarimiz hisobida 3, yevropaliklar hisobida esa 1 ochko mavjud. Bu bahsda yaponlar mag‘lub bo‘lmasa ham, 2-o‘rinni qo‘lga kiritishadi. Isroil g‘alaba qozonsa, nimchorak finalda bizga raqib bo‘ladi.
Shunga qaramay, vaziyat umuman boshqacha ko‘rinish olishi ham hech gap emas. Agar Kolumbiya Senegalga yutqazib qo‘ysa, unda guruhdagi vaziyat chigallashadi. G‘alaba tufayli Senegalning ochkolari 4 taga yetadi. Yaponiya-Isroil o‘yinida "kunchiqar yurt" o‘lkasi yirikroq hisobda g‘alaba qozonsa, guruh g‘olibiga aylanib, Kolumbiya 2-o‘ringa tushib qolishi ham mumkin.
Xullas, pley-off yo‘llanmasi uchun kurashda uch jamoa ichida eng yaxshi imkoniyat Yaponiyada. Ular Isroilga mag‘lub bo‘lmasa, eng kamida 3-o‘rin bilan nimchorak finalga chiqadi.
"C" guruhida 3-tur o‘yinlari bugun tunda — 28 mayga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 02:00da boshlanadi. Plef-offdagi raqibimizni mana shu o‘yinlar yakunlaganidan keyin bilib olamiz.
O‘zbekistonning nimchorak final bosqichida o‘yini esa 30 maydan 31 mayga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 02:00ga belgilangan.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi