20:56 / 27.05.2023
167

Super yakun! “Bavariya” g‘alaba qozonib chempionga aylandi, “Borussiya D” esa "og‘zidagi osh"ni oldirib qo‘ydi

Super yakun! “Bavariya” g‘alaba qozonib chempionga aylandi, “Borussiya D” esa "og‘zidagi osh"ni oldirib qo‘ydi

Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 34-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 27-may, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Borussiya D” o‘z maydonida “Mayns”ni qabul qildi. Uchrashuvning 15-daqiqasida Hanche-Olsen hisobni ochdi. Oradan uch daqiqa o‘tib, dortmundliklar penalti ishlab oldi. Penaltini noaniq amalga oshirgan Aller hisobni tenglashtirish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi. 24-daqiqada esa Karim Onisivo mehmonlarning ikkinchi golini urdi.

Ikkinchi bo‘limda esa Dortmund jamoasi hisobni qisqartira oldi. 69-daqiqada Rafael Gerreyru o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. O‘yin so‘ngida esa Zyule hisobni tenglashtirdi. Biroq, ushbu gol dortmundliklarga chempionlik uchun yetarli bo‘lmadi.

“Bavariya” safarda “Kyoln” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 8-daqiqasida Kingsli Koman hisobni ochdi. 81-daqiqada Deyan Lyubichich penaltini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi. 89-daqiqada esa Jamal Musiala myunxenliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Yakunda Myunxen klubi 2:1 hisobida zafar quchdi.

Shu tariqa “Bavariya” ketma-ket 11-marta, o‘z tarixida 33-marta chempionlikni nishonladi.

34-turdan so‘ng Germaniya chempionati jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi:

Skrin Sofascroe

Bundesliga

34-tur bahslari

“Kyoln” – “Bavariya” 1:2

Gollar: 0:1 – 8 Koman, 1:1 — 81 Lyubichich (penalti), 1:2 — 89 Musiala.

“Kyoln”: Shvebe, Shmits (Huseynbashich, 62), Shabo, Hyubers, Hektor, Kayns (Shindler, 62), Sxiri, Lyubichich (Pedersen, 82), Mayna (Lemperle, 82), Martel, Zelke (Tilmann, 62).

“Bavariya”: Zommer, Pavar, Upamekano, de Ligt, Mazraui (Musiala, 85), Kimmix, Gravenberx (Goretska, 71; Tel, 85), Myuller (Joau Kanselu, 62), Koman (Shupo-Moting, 71), Sane, Gnabri.

Ogohlantirish: Shmits (24).

“Borussiya D” – “Mayns” 2:2

Gollar: 0:1 – 15 Hanche-Olsen, 0:2 – 24 Onisivo, 1:2 – 69 Gerreyru, 2:2 — 90+6 Zyule.

“Borussiya D”: Kobel, Hummels, Zyule, Ryuerson (Modest, 80), Gerreyru, Jan, Brandt (Dyuranvil, 62), Volf (Mukoko, 46), Malen (Reyna, 63), Aller, Adeyemi (Roys, 40).

“Mayns”: Damen, Kasi, Bell, Hanche-Olsen, Fernandesh, Aaron Martin, Kor, Li Chje Son (Ingvartsen, 66), Barreyro, Shtax (Barkok, 80), Onisivo (Mustafa, 90).

Ogohlantirishlar: Gerreyru (40), Fernandesh (71).


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Super yakun! “Bavariya” g‘alaba qozonib chempionga aylandi, “Borussiya D” esa "og‘zidagi osh"ni oldirib qo‘ydi