Superliganing 12-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Nasaf" o‘yini yakunlandi. "Uchrashuv mehmonlarning 1:2 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Dastlab, 4 daqiqadayoq "So‘g‘diyona" futbolchischi Marko Kolakovich bosh bilan aniq zarba berib, hisobni ochdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, Oybek Bozorov Mannonovning uzatmasidan so‘ng hisobni tenglashtirdi. Birinchi taym oxirlashib borayotganda zaxiradan maydonga tushirilgan Muhammadiyevning uzatmasidan so‘ng Akmal Mozgovoy ham bosh bilan aniq zarba yo‘llab, "ajdarlar"ni hisobda oldinga olib chiqdi.
Keyinchalik jizzaxliklar ketma-ket hujumga o‘tdi. Ba’zi vaziyatlarda zarbalarga aniqlik yetishmagan bo‘lsa, ba’zida himoyachilar tartibli harakat qildi.
Shu tariqa, "ajdarlar" safarda g‘alabani qo‘lga kiritdi. Barcha gollar bosh bilan kiritildi.
"So‘g‘diyona" – "Nasaf" 1:2
Gollar: Marko Kolakovich (Jasur Hasanov) 3, 0:1, Oybek Bozorov (Jo‘rabek Mannonov) 9, Akmal Mozgovoy (Shuhrat Muhammadiyev) 36, 1:2
"So‘g‘diyona" - 27. Milan Mitrovich, 6.Alisher Salimov, 9. Zenan Zaymovich (7. Serder Serderov, 46), 10. Javohir Qaxramonov, 11. Jasur Hasanov, 15. Tarik Isich, 18. Mirjalol Abdumutalov (8. Iskandar Shoyqulov, 46), 22. Sanjar Shoahmedov, 28. Stanislav Andreyev (17. Muhammad Yo‘ldashev, 70), 32. Nodirjon Sayibov (14. Boburbek Yo‘ldashov, 84), 93. Marko Kolakovich.
Zaxira: 1. Shirinboy Abdullayev, 4. Yelyor Orifov, 12. Xislat Halilov, 20. Amirbek Fayziyev, 26. Ulug‘bek Abdullayev.
"Nasaf" - 35. Abduvohid Ne’matov, 2. Alibek Davronov, 4. Husniddin Aliqulov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 7. Akmal Mozgovoy, 9. Javohir Sidiqov (18. Bahrom Abdurahimov, 70), 15. Jo‘rabek Mannonov (28. Shuxrat Muhammadiyev, 24), 34. Sherzod Nasrullayev, 77. Oybek Bozorov (17. Suhrob Nurulloyev, 90+3), 92. Umarbek Eshmurodov, 99. Azizbek Amonov (22. Shoxmalik Komilov, 90+3).
Zaxira: 1. Umidjon Ergashev, 13. Azamat Soyibov, 23. Sardor Sadullayev, 29. Muhammadjon Rahimov, 70. Abubakr Rizo Turdialiyev.
Ogohlantirish: Shuhrat Muhammadiyev 45+1, Nodirjon Soyibov 64, Alibek Davronov 72
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi