08:48 / 02.06.2023
277

U-20 jahon chempionati. Urugvay va Koreya ham 1/4 finalga yo‘l oldi

U-20 jahon chempionati. Urugvay va Koreya ham 1/4 finalga yo‘l oldi
Argentinada o‘tkazilayotgan kichik mundialning nimchorak final bahslari o‘z nihoyasiga yetdi. So‘nggi ikki uchrashuvda Gambiya - Urugvay va Ekvador - Janubiya Koreya o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
 
Gambiya Urugvayni kichik 1:0 hisobida mag‘lub qildi. Gol 65-daqiqada Duarte tomonidan kiritildi. Shuningdek, mazkur bahs keskin kurashlarga boy o‘tdi. Hakam ikkala jamoadan ham bittadan futbolchini maydondan chetlatdi.
 
Shu tariqa, Urugvay Gambiya to‘sig‘idan o‘tib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Jamoa chorak finalda AQSHga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi.
 
Gambiya U-20 – Urugvay U-20 0:1
Gol: 0:1 – 65 Duarte da Silva.
Gambiya U-20 – Dampa, Sanyang (Singate, 62), Yavara (Marong, 86), Saine, Saidixan, Sanyang, Njiye (Savane, 81), Bayo, Boyang, Mbye, Kole (Sove, 62).
Urugvay U-20 – Rodriges Lukas, Ponte, Gonsales Molino, Boselli Graf, Matturo Romero, Dias, Garsiya Grana, (Sosa, 62), Duarte da Silva, (Chagas Diaz 75), Rodriges, De los Santos (Siri, 75).
Ogohlantirishlar: Garsiya Grana, (38), Sanyang, (45), Singate (82).
Chetlatish: Mbye (17), Rodriges (45).
 
Gollarga boy o‘tgan Ekvador - Janubiy Koreya uchrashuvida qit’adoshlarimizning qo‘li baland keldi. Dastlab, 11-daqiqada Li jamoasini oldinga olib chiqdi. Baye esa oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Taym so‘nggida Chol ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, Kuyero va Gonzales javob gollarini urdi.
 
Janubiya Koreya chorak finalda Nigeriya bilan kuch sinashadi.
 
Ekvador U-20 – Janubiy Koreya U-20 2:3
Gollar: 0:1 – 11 Li, 0:2 – 19 Baye, 1:2 – 36, penalti Kuyero Palasio, 1:3 – 48 Choy, 2:3 – 84 Gonsales.
Ekvador U-20 – Napa, de la Kruz, (Zambrano Mendes, 55), Valensiya (Garsiya Chajas, 46), Ordonez Guyerrero, de la Kruz Borxa, (Mina Ibarra, 77), Gonsales, Zambrano, Payez Andrade, Angulo (Minda, 46), Klinger Sosa (Chamba, 68), Kuyero Palasio.
Janubiy Koreya U-20 – Jun Xong, Park, Kim, Choy, Choy (Baye, 82), Li (Xvang, 61), Kang, Park (Li, 69), Kim Yen Xak (Kang, 61), Li.
Ogohlantirish: Payez Andrade (77).
 
Shu tariqa, JCH chorak finalida quyidagi juftliklar o‘zaro to‘qnash keladilar:
Isroil - Braziliya
Kolumbiya - Italiya
Janubiy Koreya - Nigeriya
AQSH - Urugvay

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-20 jahon chempionati. Urugvay va Koreya ham 1/4 finalga yo‘l oldi
ePN