11:55 / 04.06.2023
254

U-20 Jahon chempionati. Isroil Braziliyani mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi

Foto: Getty Images

Futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining chorak finalidan o‘rin olgan ikki o‘yin 3-iyundan 4-iyunga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tdi.

Isroil yoshlari Braziliyaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi va qo‘shimcha bo‘limlar tayinlandi.

Qo‘shimcha bo‘limlar debyutida Janubiy Amerika vakillari hisobda oldinga o‘tib oldi. Biroq bunga isroilliklar ikkita to‘p bilan javob qaytardi. Shuningdek, Isroil o‘yin yakuniga yaqin ketma-ket ikkita penaltini golga aylantira olmadi.

Shu tariqa nimchorak finalda O‘zbekistonni mag‘lub etgan Isroil bu safar Braziliyani yengib, yarim finalga chiqdi. Yarim finalda jamoa AQSH — Urugvay o‘yini g‘olibi bilan o‘ynaydi.

Yana bir chorak final bahsida Italiya yoshlari Kolumbiyaga imkon qoldirmadi. Italiyaliklar yarim finalda Janubiy Koreya va Nigeriya o‘rtasidagi bahs g‘olibi bilan kurash olib boradi.

4-iyundan 5-iyunga o‘tar kechasi yana ikkita chorak final bahsi o‘tkaziladi:

  • Janubiy Koreya — Nigeriya 22:30
  • AQSH — Urugvay 02:00

U-20 JCH—2023

Chorak final bahslari

Isroil – Braziliya 3:2

Gollar: 0:1 – 56 Leonardo, 1:1 – 60 Halayli, 1:2 – 91 Nasimentu, 2:2 – 93 Shibli, 3:2 – 105+3 Turgeman.

Kolumbiya – Italiya 1:3

Gollar: 0:1 – 9 Kasadei, 0:2 – 38 Baldanzi, 0:3 – 46 Espozito, 1:3 – 49 Torres.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-20 Jahon chempionati. Isroil Braziliyani mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi