14:30 / 04.06.2023
357

Israel Adesanya: "Ularning hisob-kitobiga tupurganim bor!"

Israel Adesanya: "Ularning hisob-kitobiga tupurganim bor!"
O‘rta vaznda amaldagi UFC chempioni Israel Adesanya o‘zining jamoadoshi va City Kickboxing zali a’zosi Kay Kara-Fransning Amir Albaziga yutqazib qo‘yganidan keyin jangni ochkolarini hisoblagan hakamlarni jiddiy tanqid ostiga oldi:
 
"Jin ursin, bularni! Kris Li va Sol D'Amatolarni bo‘shatib yuboringlar. Aynan shu ikkisi masalani dabdala qilishganini ochkolar kartochkasi e’lon qilinmasdan oldin anglab yetgandim. Qachongacha bu ikki ahmoq jangchilarning kelajagini, shuhratini, pullarini, sifatli hayot manbaini o‘g‘irlab kun kechirishadi?! Bittagina, Mayk Bell odamga o‘xshab bu jangni to‘g‘ri baholabdi. Narigi ikkisini daf qilish kerak. Chiqishda ular bilan gaplashib olarman, balki?!"
 
Eslatib o‘tamiz, Kay tongdagi turnir meyniventida shubhali tarzda Amir Albaziga ochkolar hisobida imkoniyatni boy berdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Israel Adesanya: "Ularning hisob-kitobiga tupurganim bor!"
ePN