Xabar berganimizdek, bugun Boku shahrida taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionati yakuniga yetdi.
Ozarbayjon poytaxti mezbonligida o‘tgan musobaqada sayyoramizning 144 davlatidan 1000 nafarga yaqin taekvondochi ishtirok etdi. E’tiborlisi, jahon chempionatida 1 ta kumush va 3 ta bronzaga ega chiqqan O‘zbekiston terma jamoasi yakunda umumjamoa hisobida 11-o‘rinni egalladi. Bu ko‘rsatgich bo‘yicha terma jamoamiz AQSH, Xitoy, Braziliya, Yaponiya, Avtraliya va Meksika kabi yetakchi davlatlarni ortda qoldirishga erishdi.
Vakillarimiz Osiyo qit’asi kesimida oladigan bo‘lsak, taekvondo vatani Janubiy Koreya, Eron hamda Tailand terma jamoalaridan so‘ng 4-o‘rinni band etdi.
Yana bir ahamiyatli jihati musobaqa mezboni hisoblangan Ozarbayjon terma jamoasi o‘z uyidi bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida bironta ham medal qo‘lga kirita olmadi. Bu esa musobaqalar naqadar shiddatli va murosasiz kechganiga yana bir isbot bo‘la oladi.
Biz esa taekvondochilarimizga kelgusi musobaqalarda bundanda yuqori marralarni zabt etishlarini tilab qolamiz.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi