O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi 6 iyun kuni Toshkentda navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishadi. Vakillarimiz 11 iyun kuni Farg‘onada Qirg‘iz Respublikasi U23 termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi, yig‘inning ikkinchi qismida esa 16-19 iyun kunlari safarda Xitoyga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Timur Kapadze mazkur yig‘inga jalb etilgan futbolchilarning kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi. Unga ko‘ra Kapadze O‘zbekiston U-20 terma jamoasidan Xitoy yig‘iniga 8 nafar o‘yinchini taklif qilgan. Bular: Otabek Boymurodov (darvozabon), Saidafzalxon Ahrorov, Mahmud Mahamadjonov, Jahongir O‘rozov, Javohir Otamurodov (hammasi himoyachi), Umarali Rahmonaliyev, Behruz Asqarov (ikkisi yarim himoyachi) hamda Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (hujumchi).
Qizig‘i, yuqoridagilar orasidan "Nasaf" a’zosi hisoblangan markaziy himoyachi Javohir Otamurodov Argentinadagi mundialda ishtirok etmadi. Toshkentda o‘tgan U-20 Osiyo kubogida esa faqatgina 3-turda Indoneziyaga qarshi o‘ynagan. O‘sha birgina uchrashuvdagi harakatlarida Kapadze nimanidir payqagan ko‘rinadi, murabbiy uni ham chaqirib yig‘inda sinab ko‘rmoqchi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi