
Italiya chempionatida 38-tur bahslari o‘tkazilib, 2022-2023 yilgi mavsum yakunlandi.
A Seriyada joriy yildan amal qiladigan yangi qoidalarga ko‘ra bosh sovrin uchun kurashgan va musobaqani tark etadigan jamoalarning ochkolari teng kelib qolsa, ko‘rsatkichlar (to‘plar farqi, o‘zaro o‘yin)dan qat’iy nazar, qo‘shimcha o‘yin o‘tkaziladi. Bu o‘zgarish mavsum boshlanishidan avval e’lon qilingan.
Shu bois 31 ochkodan jamg‘argan “Spetsiya” hamda “Verona” keyingi hafta neytral maydonda hal qiluvchi uchrashuvda bellashadi. G‘alaba qozongan jamoa A Seriyada jon saqlab qoladi. Mag‘lubiyatga uchragan klub esa quyi ligaga tushib ketadi.
"Spetsiya" - "Verona" bellashuvi O‘zbekiston milliy terma jamoasining rejalariga ta’sir o‘tkazishi mumkin. Chunki terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov ayni paytda "Spetsiya" klubida ijara asosida to‘p tepadi. Garchi hamyurtimiz zaxirada qolib ketayotgan bo‘lsa ham mavsumni yakunlab qo‘yishi lozim.
11 iyun kuni O‘zbekiston MTJ "CAFA Nation's Cup" turniri doirasidagi ilk bahsda Ummonga qarshi maydonga tushadi. FIFA kunlari 12 iyundan boshlanishini inobatga olsak, Shomurodov Ummon bilan o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar