“Roma” rahbariyati ikkinchi urinishda ham jamoani Chempionlar ligasiga olib chiqolmagan Joze Mourino bilan xayrlashmaslikka qaror qildi.
Bu galgi chempionatda ham portugaliyalik mutaxassis shogirdlari oltinchi o‘rindan yuqoriga ko‘tarila olmadi. Bundan tashqari, “Roma” Yevropa ligasi finalida Ispaniyaning “Sevilya” jamoasiga penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchradi.
Sky Sport Italia nashrining ma’lum qilishicha, tomonlar o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga kelishib olgan. Yozda tarkib sezilarli darajada kuchaytiriladi. Mourino qaysi pozitsiyalarga yangi ijrochilar kerakligi haqidagi qarashlarini rahbariyatga yetkazgani aytilmoqda.
Aslida Mourinoning amaldagi shartnomasi yana bir yil davom etishi kerak. Uning oldiga qo‘yilgan vazifa o‘zgarmaydi.
Tajribali murabbiy jamoani Chempionlar ligasiga olib chiqishga uchinchi marotaba urinib ko‘radi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin