“Roma” Temmi Abraham o‘rniga Mauro Ikardini sotib olishi mumkin. Angliyalik futbolchi A Seriyaning so‘nggi o‘yinida "Spetsiya"ga qarshi o‘yinda jarohat olgandi. U o‘yinning 80-daqiqasida almashtirildi. Uni maydondan zambilda olib chiqib ketishdi.
Sky Sport nashrining xabar berishicha, Abraham tizzasidan jiddiy jarohat olgan. Taxminlarga ko‘ra, hujumchi noyabr oyigacha safga qaytolmaydi. Balki uning sog‘ayishi dekabrga qadar cho‘zilishi ham mumkin.
Football Italia xabariga ko‘ra, "Roma" rahbariyati mavsumni ijara asosida "Galatasaroy"da o‘tkazgan PSJ forvardi Mauro Ikardini Abrahamning o‘rnini bosuvchi futbolchi sifatida ko‘rmoqda.
Aytish kerakki, argentinalik futbolchi uchun Italiya chempionati begona emas. U 2012-2013 fillarda “Sampdoriya”, 2013-2019 yillarda esa “Inter” tarkibida to‘p surgan.
2022/23-yilgi mavsumda argentinalik hujumchi Turkiya chempionatida 24ta o‘yin o‘tkazib, 22ta gol urdi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?