02:36 / 12.06.2023
179

Srechko Katanes: "Hozirgi asosiy muammo – jismoniy holatimiz"

Srechko Katanes: "Hozirgi asosiy muammo – jismoniy holatimiz"
"CAFA Nation's Cup-2023" musobaqasi birinchi turidan o‘rin olgan O‘zbekiston va O‘mon milliy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng, O‘zbekiston bosh murabbiyi Srechko Katanes va uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi Jaloliddin Masharipov matbuot anjumanida qatnashdi.
 
- Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?
- O‘zingiz ko‘rganingizdek, o‘yin yaxshi bo‘ldi. Yigitlarni g‘alaba bilan tabriklayman. Birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik, ikkinchi taymning boshida esa muammolarga duch keldik. Ob-havo ham biroz noqulay edi, shunga qaramay yigitlar yaxshi o‘yin o‘tkazishdi.
 
- Jaloliddin Masharipovning uchrashuv haqidagi fikrlari qanday?
- O‘yindan avval aytib o‘tganimdek, biz o‘yin tempini nazorat qilishimiz kerak edi. O‘mon terma jamoasining texnikasi kuchli. O‘yinni nazorat qilimishimiz juda muhim edi. Bunday o‘yinlar Osiyo kubogiga qadar juda foydali bo‘ladi. Biz ko‘proq kuchliroq terma jamoalar bilan o‘ynashimiz kerak, jismoniy holatimizni ham yaxshilab olishimiz kerak.
 
- Shomurodov bugun tarkibda yo‘q edi. Shomurodov yo‘qligi sababli bugun ko‘proq qisqa paslarga tayanib o‘ynadikmi?
 - Shomurodov yo‘qligi bunga ta’sir qilmaydi. Bizning asosiy vazifamiz tezroq pas o‘ynash. Keyingi o‘yinlarimiz qiyinroq bo‘lishi mumkin. Masalan, Tailand bilan kechgan o‘rtoqlik uchrashuvida ham qisqa paslarga tayangan holda o‘ynagandik va o‘shanda Eldor maydonda edi.
 
- Bugun jamoa birinchi taymda ajoyib o‘yin o‘tkazdi, lekin siz ikkinchi taymda juda ko‘p e’tiroz bildirdingiz. Bu xatolar bo‘lganidan darak beradi. Keyingi uchrashuvlarda ushbu xatolarni to‘g‘rilaymizmi?
- Men terma jamoaga kelganimga ikki yil bo‘ldi. Hozirgi asosiy muammo – jismoniy holatimiz. Biz jismoniy holatni yaxshilashimiz kerak. Osiyo kubogiga qadar 6 oy vaqt bor, lekin 6 oy ichida jismoniy holatimizni to‘g‘rilashimiz qiyin. Bu vazifa futbolchilarning zimmasida. O‘zingiz bilasiz, milliy chempionatimizni juda katta tezlikda o‘tadi deb bo‘lmaydi. Ikkinchi taym boshida yigitlar biroz o‘yindan uzilib qolishgandek tuyuldi.
 
- Jaloliddin, bosh murabbiy o‘yin vaqti davomida sizga e’tiroz bildirdi. Bunga fikringiz qanday?
- Birinchi navbatda o‘zimning o‘yinimdan kelib chiqib gapiraman. Murabbiyning o‘yin davomida e’tiroz bildirishi yaxshi narsa. Murabbiy emotsional bo‘lishi mumkin va buning hech qanday yomon tomoni yo‘q.
 
- Oxirgi o‘yinlarda "Al Nassr"da zaxirada qolib ketayapsiz. Bu sizning jismoniy holatingizga ta’sir qilmaydimi?
- To‘g‘ri, bir necha o‘yin maydonga tushmadim. Buning ma’lum sabablari bor. Vaqti kelsa, bu sabablarni ochiqlayman. Klubda kam o‘yin amaliyoti berilayotgani menga bog‘liq emas. Men qo‘limdan kelguncha jismoniy holatimni yaxshilashga harakat qilayapman. O‘yin vaqtida bor salohiyatimni ishga solaman. Agar men bor kuchim bilan o‘ynamasam, o‘z vatanimga hiyonat qilgan bo‘laman.
 
- Keyingi uchrashuvda Abdiholiqovni asosiy tarkibda ko‘ramizmi?
- Balki, ko‘ramiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Srechko Katanes: "Hozirgi asosiy muammo – jismoniy holatimiz"