02:47 / 12.06.2023
252

Branko Ivankovich: "O‘zbekiston bugun O‘monning zaif tomonlarini topdi va ulardan foydalandi"

Branko Ivankovich: "O‘zbekiston bugun O‘monning zaif tomonlarini topdi va ulardan foydalandi"
O‘mon terma jamoasi bosh murabbiyi Branko Ivankovich O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida qatnashdi.
 
- Bugungi o‘yin haqidagi fikrlaringiz?
- O‘zbekiston terma jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun ular g‘alabaga loyiq edi. O‘zbekiston bugun bizdan ancha yaxshi o‘ynadi. Keyingi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz. Tojikiston bilan kechadigan uchrashuvga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rishga harakat qilamiz.
 
-  Bugungi o‘yinga qanday reja tayyorlagan edingiz va nega rejangiz o‘xshamadi?
- Shunchaki raqib bizdan kuchliroq edi. Raqib bizdan har jabhada yaxshi o‘ynadi va shu sabab mag‘lub bo‘ldik.
 
- O‘mon terma jamoasi bir necha yil avval O‘zbekistonga qarshi ancha yaxshi kurashgandi. Bugun esa bunday bo‘lmadi. Bunga sabab nima va keyingi o‘yinlar haqida fikrlaringizni aytib o‘tsangiz?
- Albatta bir necha yillar ilgari, terma jamoamiz kuchliroq edi. Bizning milliy chempionatimiz tugab bo‘ldi va futbolchilar ta’tilda, O‘zbekistonda esa milliy chempionat endi qizg‘in pallaga kirdi. Asosiy sabab shu deb o‘ylayman. Keyingi uchrashuvlarga yaxshiroq tayyorgarlik qilamiz.
 
- O‘zbekiston terma jamoasining Osiyodagi o‘rni haqida fikringiz. Terma jamoamiz Osiyoda 6-o‘ringa loyiqmi?
- Jamoangiz rivojlanib kelmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi Venesuela, Boliviya, Rossiya kabi kuchli terma jamoalarga qarshi uchrashuvlarda ishtirok etdi. Terma jamoangiz to‘g‘ri yo‘lda. Osiyodagi O‘zbekistonning darajasiga keladigan bo‘lsak, O‘zbekistondan har narsani kutish mumkin.
 
- O‘monning bugungi tarkibidagi futbolchilari asosan bir jamoadan, u jamoa "As-Sib". "As-Sib" jamoasi OCHL ishtirokchisi. "As-Sib" jamoasidan nega ko‘proq futbolchilarni terma jamoaga jalb etmadingiz?
- Biz eng yaxshi o‘yinchilarni terma jamoaga chaqirganmiz. Birinchi o‘yinimiz omadsiz bo‘ldi. Biz so‘ngi uchrashuvlarda kuchli jamoalarga qarshi o‘ynadik. Masalan, Avstraliyaga 3:1 hisobida yutqazdik, bugun esa 3:0. O‘zbekiston terma jamoasi bugun O‘monning zaif tomonlarini topdi va ulardan foydalandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Branko Ivankovich: "O‘zbekiston bugun O‘monning zaif tomonlarini topdi va ulardan foydalandi"