10:44 / 12.06.2023
82

Jokovich 23-marta “Katta dubulg‘a”da g‘olib chiqdi va rekord o‘rnatdi

Jokovich 23-marta “Katta dubulg‘a”da g‘olib chiqdi va rekord o‘rnatdi
Foto: Clive Brunskill/Getty Images
Serbiyalik tennischi Novak Jokovich 11 iyun, yakshanba kuni Fransiya Ochiq chempionati (“Rolan Garros”) final uchrashuvida norvegiyalik sportchi Kasper Ruudni (7:6 (7:1), 6:3, 7:5) mag‘lub etdi.
 
Serbiyalik bu toifada erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida sovrinlar bo‘yicha ispaniyalik Rafayel Nadalni (22) ortda qoldirib, rekordchiga aylandi. Yakkalik bahslarida “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnirlardagi g‘alabalar soni bo‘yicha Jokovich amerikalik Serena Uilyamsga yetib oldi. Rekord avstraliyalik Margaret Kortga tegishli, u 24 ta sovringa ega. Biroq, ularning 13 tasi professional va havaskor turnirlar o‘rtasidagi chegarani yo‘qqa chiqargan Ochiq davrgacha bo‘lgan vaqtda qo‘lga kiritilgan.
 
Jokovich erkaklar o‘rtasida "Rolan Garros"ning eng yoshi katta chempioni (36 yosh, 20 kun) va tarixda "Katta Dubulg‘a" turnirlarining har birida kamida uch marta g‘alaba qozongan birinchi sportchiga aylandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jokovich 23-marta “Katta dubulg‘a”da g‘olib chiqdi va rekord o‘rnatdi