"CAFA Nation's Cup" turniri guruh bosqichidan o‘rin olgan o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi Turkmanistonni ishonchli 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Mazkur uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida Turkmaniston termasi bosh murabbiyi Mergen O‘razov ishtirok etdi.
"Bugun mag‘lubiyatga uchradik. Xatolar ustida ishlash kerakligini tushunib yetdim. Keyingi o‘yinlarda bor kuchimizni berib, maydonda g‘alaba uchun kurashamiz.
Yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Ular bugun g‘alaba uchun kurash olib borishdi. Ammo yakunda omad bizga kulib boqmadi.
O‘zbekiston futbol federatsiyasi va undagi har bir xodimga tashakkur izhor etaman. Tashkilotchilik bo‘yicha muammoga duch kelmadik.
Bizda potensial borligini ko‘p aytishmoqda. Ammo imkoniyatlardan unumli foydalanishda xatolarga yo‘l qo‘ymoqdamiz", - dedi mutaxassis.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi