13:13 / 17.06.2023
317

Shahram G‘iyosov va Harold Kalderon jang vaqti, translyatsiya, statistika va qiziqarli ma’lumotlar

Shahram G‘iyosov va Harold Kalderon jang vaqti, translyatsiya, statistika va qiziqarli ma’lumotlar

Professional bokschimiz Shahram G‘iyosov muhim jang arafasida turibdi. Mazkur bahsda u hali mag‘lub bo‘lmagan bokschi Harold Kalderonga qarshi ringga ko‘tariladi. Jangga oid qiziqarli ma’lumotlar va faktlar bilan tanishing:
 
Manzil va vaqt: boks oqshomi Toshkent vaqti bilan 18 iyun (yakshanba) tongida, AQShning Luiziana shtatida joylashgan "Smoothie King Center" arenasida bo‘lib o‘tadi.
 
 
Tashkilotchi: Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi va DAZN striming platformasi.
 
Vazn toifasi va status: 12 raund etib belgilangan jang yarim o‘rta vaznda (66,6 kg) bo‘lib o‘tadi va ushbu vaznda jahon chempionlik kamari uchun eliminator (saralash) maqomida bo‘ladi.
 
Statistika: 29 yoshli Shahram G‘iyosov (Buxoro, O‘zbekiston) faoliyati davmomida 13 ta jang o‘tkazgan (jami 58 raund) va barchasida g‘alaba qozongan. 9 ta bahsda raqiblarini muddatidan oldin mag‘lubiyatga uchratgan (nokaut ko‘rsatkichi 69,2 foiz). 35 yoshli Harold Kalderon (Mayami, AQSh) bu borada 27 marotaba ringga ko‘tarilgan (jami 115 raund) va barchasida zafar quchgan. Nokautlar soni 18 tani tashkil etadi (66,6 foiz).
 
 
Kard: ushbu kechaning asosiy kardidan 3 ta jang o‘rin olgan.
 
Asosiy jang: Rejis Progreys (28-1, 24KO) - Danielitto Zorilla (17-1, 13KO) - super engil vaznda WBC jahon chempionlik kamari uchun.
 
Shahram G‘iyosov (13-0, 9KO) - Harold Kalderon (27-0, 18KO) - yarim o‘rta vaznda WBA eliminator jangi.
 
Ramla Ali (8-0, 2KO) - Julisa Aleksandra Guzman (12-2-2, 6KO) - ayollar birinchi yarim engil vaznda IBF Intercontinental kamari uchun.
 
 
Boshlanish vaqti va translyatsiya: oqshomning asosiy kardi 18 iyun tongi 5:00 da boshlanadi. Shahram G‘iyosov ishtirokidagi bahs 5:30 atrofiga to‘g‘ri keladi. Boks kechasini O‘zbekiston hududida Zo‘r TV kanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.
 
Boshqa ma’lumotlar: G‘iyosov va Kalderon faoliyati davomida ilk bor 12 raundlik jang o‘tkazadi. Shahram G‘iyosov ushbu bahs uchun Joel Diaz emas, Dmitriy Bivolning murabbiyi Gennadiy Mashyanov qo‘l ostida tayyorgarlik olib bordi.
 
Jalol Axmedov tayyorladi


Professional boks, Shahram G‘iyosov, Harold Kalderon

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahram G‘iyosov va Harold Kalderon jang vaqti, translyatsiya, statistika va qiziqarli ma’lumotlar