20:23 / 19.06.2023
311

Server Jeparov O‘zbekiston - Eron o‘yini oldidan: "Ertaga barchasi tartibli bo‘lishi kerak"

Server Jeparov O‘zbekiston - Eron o‘yini oldidan: "Ertaga barchasi tartibli bo‘lishi kerak"
Ertaga "CAFA Nation's Cup-2023" finalida O‘zbekiston termasi Eronga qarshi harakat qiladi. Mazkur uchrashuv oldidan terma jamoamizning sobiq sardori Server Jeparovning fikrlari bilan qiziqdik.
 
"Tabiiyki, O‘zbekistondan g‘alaba kutyapman. Men doim hujumkor va chiroyli futbol tarafdoriman. Yigitlarga faqat g‘alaba tilayman. Eronni nimaning hisobiga yutish mumkin? Himoya va hujumdagi tartibli futbol evaziga. Ertaga individual mahoratdan tashqari ruhiy va jismoniy holat ham yetarlicha bo‘lishi kerak. Barcha yaratilgan vaziyatlardan foydalanish zarur.
 
2012 yil tarixiy g‘alabani, albatta, yaxshi eslayman. O‘sha uchrashuv bizga Jahon chempionatiga chiqish uchun imkoniyatni taqdim qilgandi. Bakayevning goliga kelsak, pleymeyker sifatida aytishim mumkinki, yaxshi paslarim golga aylansa xursand bo‘laman. Biz kuchli raqib maydonida g‘alaba qozongan edik. Nima bo‘lganda ham omad tilayman. G‘alaba qozonib xalqimizni xursand qilish nasib qilsin", - deydi Server Jeparov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Server Jeparov O‘zbekiston - Eron o‘yini oldidan: "Ertaga barchasi tartibli bo‘lishi kerak"
ePN